Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘zi saylangan “Xurriyat” MFY hududida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, nogironligi mavjud shaxslar holidan xabar olish hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, manzilli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish, fuqarolar manfaatini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3