Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda
янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi. Jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Chelong’u mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 10- Chelong’u saylov okrugi deputati M.Bozorov, Chelong’u MFY raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi. Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 1