Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor

Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining "19-Farhod" saylov okrugi deputati Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan okrug hududidagi “Guzar” MFYda mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan PQ-1-sonli qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, mazkur qarorga muvofiq mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, fuqarolar muhofazasini kuchaytirish hamda profilaktika tizimini takomillashtirishga qaratilgan manzilli ishlar amalga oshirilayotgani kuzatildi.

 🇺🇿 Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikramov tashabbusi bilan mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori hamda favqulodda vaziyatlar xodimi ishtirokida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilayotgani e’tiborga molik bo‘ldi. Ushbu suhbatlarda tuman deputatlari ham faol ishtirok etib, qaror ijrosi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdilar.

 📝 Shuningdek, deputat tomonidan murojaat qilgan fuqaroning masalasi joyiga chiqib o‘rganildi va unga huquqiy tushuntirishlar berildi. Mazkur murojaat doimiy nazoratga olinib, ayniqsa tibbiy masala yuzasidan aniqlik kiritilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama qilinib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda muammolarni tizimli hal etish borasidagi yondashuvlar ko‘rib chiqildi.

 📁 Mazkur o‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich ham ishtirok etdi. Umuman olganda, ushbu o‘rganish mahallabay ishlash tizimining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish, shuningdek, hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8