🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Jamshid Karimov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud — “Yu.Sakkokiy” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔺 O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ichki yo‘llarni asfaltlash, hududni obodonlashtirish hamda kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratildi.
💬 Shuningdek, deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
🗣 Bundan tashqari, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan ham tegishli fikr va mulohazalar almashildi.
📁 Mazkur uchrashuv va o‘rganish ishlari hududdagi muammolarni joyida hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlarini ijobiy hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.