Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda
янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
"Do‘stlik" mahallasida ichimlik suvi muammosi va uning yechimi o‘rganildi

"Do‘stlik" mahallasida ichimlik suvi muammosi va uning yechimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputat A.Abdullayev "Do‘stlik" mahallasida bo‘lib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rgandilar.

O‘rganish natijalari:

Holat: Mahalladagi suv inshooti 2023-yilda Prezidentning PQ-408-sonli qarori asosida qurilgan. Barcha asosiy ishlar yakunlangan bo‘lsa-da, aholi hali ham suv bilan ta’minlanmagan.

Sabab: Inshootdan xonadonlarga suv yetkazib berish uchun 5 km masofaga har xil o‘lchamdagi suv quvurlari yotqizilishi zarur. Shuningdek, texnikalar ishlashi uchun 3 ming litr yoqilg‘i (solyarka) mahsuloti talab etilmoqda.

Vazifa: Qolgan barcha texnik va montaj ishlari tuman "Suv ta’minoti" korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab olindi.

Xulosa: Mazkur muammoni hal etish va zaruriy asbob-uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5