Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda
янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Navbatdagi murojaat Al Farg‘oniy ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotidagi avariya holati yuzasidan yo‘llandi. Mazkur murojaat asosida shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda mahalla raisi ishtirokida hududga chiqib, muammo joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozliklar aniqlanib, ushbu holat aholi uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, masala yuzasidan “Farg‘ona suv ta’minoti” AJning Marg‘ilon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib borilib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar kelishib olindi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tegishli ishlar tashkil etilib, ichimlik suvi ta’minotidagi nosozlikni qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etish choralariga kirishildi.

Slide 1 of 2