Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
“12-Nazarbek” okrugi deputati Avaz Xudayberganovning saylovchilar bilan uchrashuvi - muammolar, yechimlar va ustuvor vazifalar
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda
янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
Tuman Kengashi deputatlari FHDY bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputatlari O'.Akkulov hamda Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tomonidan tumandagi (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, nikoh, tug‘ilish, o‘lim hamda boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartiblari, hujjatlarni yuritish va arxivlash ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan aholiga qulaylik yaratish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish, raqamlashtirish darajasini oshirish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.