Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Yo.Xolmurotov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari A.Kulbayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya etilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida birlashmaning Kadrlar bo‘limi boshlig‘i G.Mirazimova bilan Qonun bilan bo‘lim inspektorlarining xabardorlik holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha ichki hujjatlarning rasmiylashtirilganligi, 2025-2026-yillarda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qayd etilgan holatlar, xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, xaridlar jarayonlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzasidan suhbatlashildi.

🔷O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7