Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida mahallabay ishlash tizimi - amaliy o‘rganish va muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
E’tibor va g‘amxo‘rlik — ustuvor vazifa

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputatlari N.Norkarayev, G.Xusanova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari M.Usanovalar ishtirokida tumandagi Ag‘ron va Navbahor mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, sog‘ligi va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi. 

🔹 Jumladan, fuqarolar I.Namozov, E.Abdullayev va K.Egamberdiyevlarning xonadonlariga borilib, ularning salomatligi va ijtimoiy ahvoli yuzasidan suhbat olib borildi.

🔹 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatilib, har bir murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.

🔹 Bu kabi o‘rganishlar aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3