Deputat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar - amaliy yondashuv va mas'uliyat
↗️ Jamiyatda deputat — bu faqat qaror qabul qiluvchi emas, balki fuqarolar dardini eshitib, unga yechim topuvchi xalq vakilidir. Shuning uchun uning faoliyatida eng muhim jihat — murojaatlar bilan ishlash va natijaga erishishdir.
✅ Bugungi kunda deputatlardan quyidagilar talab etiladi - fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, har bir holatni chuqur o‘rganish, manzilli yordam ko‘rsatish va muammoning to‘liq hal etilishini nazorat qilish. Bu jarayonda insonparvarlik, ochiqlik va eng muhimi — shaxsiy mas’uliyat asosiy o‘rin tutadi.
🗣 Fuqarolar deputatdan amaliy yordam kutadi. Shu sababli har bir deputat “har bir murojaat — mening shaxsiy mas’uliyatim” degan tamoyil asosida ish yuritishi zarur.
Amaliy misol
🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi “Haqiqat” okrugi deputati A.Xaydarov fuqarolar qabulida “Hamdo‘st” mahallasi 25-mavze 35-uy, 107-xonadonda ijarada yashovchi, 1-guruh nogironi, ikki nafar farzandi bor fuqaro S.Qoraqulovaning sog‘ligi bilan bog‘liq murojaatini o‘rganib, uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xonadoniga tashrif buyurdi hamda davolanishi uchun shifoxonaga joylashtirilishini ta’minladi.