Deputat har sohada faol!
Uchquduq tumanida fan oyligi doirasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga
qarashli 18-maktabda ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada tuman markazidagi maktablar o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
O‘quvchilar ingliz tilida qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan barchaga ma’naviy
hordiq ulashishdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shamsiyeva Maqsuda Shavqiyevna hakamlar hay’atida
ishtirokchilarni baholab bordi.
Musobaqa so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilar diplom va estalik sovg‘alar bilan
taqdirlanishdi.