“INSON UCHUN” SHIORI OSTIDA PARA-SHAXMAT BO‘YICHA TUMAN BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Salimov Umrbek Toirovich, Xudoyqulov Umar Xolmamatovichlarning tashabbusi bilan 2025-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-389-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari 2025-yil 27-martdagi 14-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson uchun” shiori ostida adaptiv sport turlari bo‘yicha festival va uning doirasida xayriya marafonlarini tashkil etish rejasidan kelib chiqib, Uchquduq tuman sport maktabida Para-shaxmat bo‘yicha tuman birinchiligi o‘tkazildi.
Musobaqada para-shaxmat bilan shug‘ullanuvchi o‘smir o‘g‘il-qizlar hamda katta yoshli
erkak va ayollar ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
3-o‘rin — Abdujalilov Umrzoq
2-o‘rin — To‘lashboyev Nurislom
1-o‘rin — Bahromqulov Behruz
Qizlar o‘rtasida:
3-o‘rin — Salimova Umriya
2-o‘rin — To‘xtaboyeva Aqerki
1-o‘rin — Imomova Elmira
G‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.