Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Aminova saylangan 13-“Misgarlik” saylov okrugi hududidagi “Misgarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan mahalla raisi Z.Zokirovaning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisining kundalik faoliyati, aholi bilan muloqotni tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishildi. Shuningdek, mahallada yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahallaning demografik va ijtimoiy holatiga oid ma’lumotlarga ham e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, “Artizonbo‘yi” mahallasida 382 ta oila va 557 ta xonadon mavjud. Shuningdek, 61 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, mazkur oilalar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli ijtimoiy yordam choralarini ko‘rib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O‘rganish chog‘ida mahalla raisining aholi bilan hamkorligini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holatidan muntazam xabardor bo‘lish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalladagi mavjud masalalarni tizimli ravishda o‘rganish va ularni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning ahamiyati ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4