Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O'.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” MFY hududidagi ichimlik suvi tarmog‘i nosozligi va kavlangan yo‘l qismini asfaltlash masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Qo‘qon shahar filiali rahbari Sh.Kasimov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida “Nurafshon” MFY hududidagi Ahillik, Firdavsiy va Obiravon ko‘chalari kesishmasida uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan diametri 160 mm bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik mutaxassislar tomonidan o‘rganildi va bartaraf etildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobda ma’lum qilinishicha, nosozlik bartaraf etilgan hududdagi yo‘l qismini qayta tiklash va asfaltlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli shartnomalar tuzilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ tomonidan mablag‘lar o‘tkazib berilgach, asfaltlash ishlari to‘liq bajarilishi bildirilgan.

Shuningdek, ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilgani natijasida aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash tiklangan. Yo‘lning kavlangan qismini asfaltlash ishlari esa zarur moliyalashtirish amalga oshirilganidan so‘ng bajarilishi ma’lum qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratida qoladi. Yo‘l qismini asfaltlash ishlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi