Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

🔵O‘rganish davomida korxona tomonidan avtomobil yo‘llarini joriy saqlash, yo‘l qoplamalarining holatini nazorat qilish, yo‘llarda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish va yo‘l infratuzilmasini asrab-avaylashga qaratilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, avtomobil yo‘llaridan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etish, yo‘llarning transport harakati uchun yaroqli holatda saqlanishi, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵Ta’kidlanganidek, avtomobil yo‘llarining soz holatda saqlanishi nafaqat transport harakatining uzluksizligini ta’minlash, balki aholi xavfsizligi, hududlarning o‘zaro bog‘liqligi va tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yo‘llarni saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish talab etiladi.

🔵Deputat tomonidan o‘rganish yakunida avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasidan foydalanishda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilish hamda ushbu yo‘nalishda mas’ullikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3