Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔵Kun tartibida:
Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning uchinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori axboroti;

Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil uchinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil uchinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ tuman filiali rahbarining hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil oktyabr oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri axboroti tinglandi.
 

Slide 1 of 6