Yangiliklar

MFY fuqarolari murojaatlari yuzasidan “Terakzor” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.