Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining “20-Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan deputati G. Allanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M. Kamolova tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi “Yo‘lchilar” OFY hududida barpo etilayotgan bolalar maydonchasi, mini stadion(varkaut) qurilish ishlari hamda tungi yoritish chiroqlarini o'rnatish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur bolalar maydonchasi mahalla ahlining, ayniqsa, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

✅ Hududlarni obodonlashtirish va bolalar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4