Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova va kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tumandagi “Orzu” va “Oltin ko‘l” istirohat bog‘larining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida istirohat bog‘larida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududlarning sanitariya holati, yashil maydonlarni parvarishlash, dam oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘lar infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz dam olish maskanlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌳 Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun istirohat bog‘larini obod va ko‘rkam saqlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda.