Joriy yilning 27-aprel xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Bahodir Sharipov tomonidan tumanning muhim ramzlaridan biri hisoblangan Uchquduq ramzi atrofida olib borilayotgan ta’mirlash va pardozlash ishlari bugun joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududni obodonlashtirish, estetik ko‘rinishini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va sur’ati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Mazkur ishlar tumanning qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirishga xizmat qiladi.