"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHALARI O‘RGANILDI
Joriy yilning 27-aprel kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati E.Navro‘zov, Kengash kotibiyati mudiri J.Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Toyirov tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring olib borildi. Shuningdek, pudratchi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.