🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov tomonidan tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov ishtirokida tumanning “Ugam” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tomorqa yerdan foydalanish haqidagi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida ushbu hududda bo‘sh turgan yer uchastkasidan tomorqa yer sifatida foydalanish istagini bildirgan fuqarolar takliflari tingladi. Shu bilan birga, aholining chiqindi olib chiqib ketish xizmati yuzasidan noroziliklari tinglandi.
🔹Murojaatni ko‘rib chiqish yakuni bilan deputat tomonidan barcha murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.