Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev tashabbusi bilan 18-Taraqqiyot okrugidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu ijtimoiy tadbir doirasida muhtoj fuqarolarga bir qator oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Deputat A.Tursunbayev tomonidan ko‘rsatilgan ushbu moddiy ko‘mak aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga hamda ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlaridan biri hisoblanadi.