✅Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shahardagi xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
✅Sayyor qabul davomida, uy-joy, ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari hamda ishga joylashtirish, sog'likni tiklash, farzandni bog‘chaga qabul qilish va maktabni bitirganlik uchun shahodatnoma olish kabi masalalar bo‘yicha jami 8 ta fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 1 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, qolganiga esa tegishli mas’ullar tomonidan qo‘shimcha o‘rganish uchun muddat belgilandi va nazoratga olindi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati