📝 Viloyat Notariuslari O'rtasida Ko'rik-Tanlov O'tkazildi
Viloyat notariuslari assotsiatsiyasi, Viloyat Adliya boshqarmasi va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Niyozivning ishtirokida notarius xodimlari o'rtasida ko'rik-tanlov tashkil etildi.
Tanlovdan asosiy maqsad notarius xodimlarining huquqiy bilim darajasi, korrupsion omillarning oldini olishga qaratilgan bilim va ko'nikmalari hamda aholining notarial muammolarini hal etishga yo'naltirilgan ish tajribalarini sinovdan o'tkazishdan iborat bo'ldi.