Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Ne’mat Mo‘minov mahalladagi hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganib, aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida 14 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangani, 4 nafar migrantga kredit ajratilib, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqarolarni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. 🤝

Slide 1 of 2