✅ O‘rganuv jarayonida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha:
📝 tumanda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi hamda amalga oshirilgan ishlar;
📝 davlat tashkilotlari, muassasalar, korxona va tashkilotlarda ish yuritish, rasmiy hujjatlar hamda elektron hujjat aylanishini davlat tilida yuritish holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari;
📝 tumandagi tashqi yozuvlar, peshlavhalar, ko‘rsatkichlar, e’lonlar va axborot lavhalarini xatlovdan o‘tkazish;
📝 ijrosi ta’minlanmagan holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar;
📝 tumandagi savdo, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik subyektlarida tashqi yozuvlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada hali ham saqlanib qolayotgan muammolarga ahamiyat berildi.
✅ “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tashqi reklama vositalarining davlat tili normalariga muvofiqligi bo‘yicha:
📝 Davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish maqsadida 2025-2026- yillarda tashkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, tanlovlar va boshqa ma’rifiy tadbirlar hamda ularda ishtirok etgan tashkilotlar va fuqarolar;
📝 tumanda davlat tilining nufuzi va maqomini yanada oshirish, tashqi yozuvlar hamda reklama vositalarini qonun talablariga to‘liq
muvofiqlashtirish bo‘yicha 2026-yilning qolgan davri uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlarga asosiy diqqat-e’tibor
qaratildi.
📌 Deputat o‘rganuvi yuzasidan mutasaddilarga deputat so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi