Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar siyosati ijrosi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – Kotibiyat mudiri Xushnud Sultonov tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari Mansurbek Alimov bilan uchrashib, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari ijrosini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda Kengash deputatlari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🤝

Slide 1 of 1