Uchko‘prik tumani hokimligida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusida "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, hojilar, oqila ayollar, nuroniylar, pedagoglar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
#24 muhim masala
🇺🇿 Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Ana shunday yangi loyihalardan biri Uchko‘prik tumanining “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirildi. Bu yerda polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi. Korxonaning ochilish marosimida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev ishtirok etib, yangi ishlab chiqarish loyihasi, uning imkoniyatlari hamda kelgusidagi istiqbollari bilan tanishdi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi Sattarxo‘ja Akbarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov tomonidan “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘‘rganish ishlari olib borildi.
🇺🇿 “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida mahalla mas’ul xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati o‘rganilmoqda.
#24 muhim masala
🇺🇿 Uchko‘prik tumanida kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes muhitini yaxshilash hamda iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi yangi biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati — tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev, “Mikrokreditbank” mas’ullari hamda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
#Qonun ijrosi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi Sattorxo‘ja Akbarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida “Katta Qo‘shtepa” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.