#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#_24_talik_masala
Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "7-Tortuli" saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov Shabnam mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurgan holda aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, ularni qiynayotgan masalalar hamda mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputatning saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lishini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda aholini qiynayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda munosib ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.