Yangi davr mahallasida oilaviy muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar Yangi davr mahallasi xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, mahallada oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda erta ajrimlarning oldini olish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida oilalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, nizoli oilalar bilan tegishli mutaxassislar hamkorligida ish olib borish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oilaviy barqarorlikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ajrimlarning oldini olish borasida hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.