Yangiliklar

Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

Deputat so‘rovi: Muhabbat mahallasida elektr tarmoqlari yangilanadimi?
📌 Murojaat:
Deputat "Muhabbat" mahallasidagi Rayhon ko‘chasi aholisi bilan uchrashuvda eskirgan yog‘och elektr ustunlari hamda simlarni yangilash bo‘yicha murojaatni qabul qildi.
📩 Rasmiy so‘rov:
Ushbu masalada tuman elektr ta’minoti bo‘limi rahbari G‘.Qurbonovga deputat so‘rovi yuborildi va qonunchilikka muvofiq 10 kun muddatda tegishli chora ko‘rish hamda javob berish so‘raldi.
📌 Aholi murojaatlari va infratuzilma muammolari doimiy nazoratda! 📲
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!