Yangiliklar

Doimiy_komissiya_faoliyati

TASHQI REKLAMA VA EʼLONLARNING DAVLAT TILI MEʼYORLARIGA MOSLIGI MUHOKAMA QILINDI
Kun tartibi:
“Adolat” SDP deputatlik guruhi raisi S.Allayarov tumanda tashqi reklama va eʼlonlarni davlat tili hamda milliy madaniyat meʼyorlariga moslashtirish boʻyicha axborot berdi.
Aniqlangan kamchiliklar:
Doimiy komissiya va deputatlik guruhi oʻrganishlarida ayrim reklama hamda bannerlarda:
Davlat tili meʼyorlari buzilgani;
Imloviy va uslubiy xatolar mavjudligi;
Estetik va mazmuniy talablarga javob bermasligi aniqlandi.
Natija:
⚖️ “Davlat tili haqida” hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunlar va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.