Yangiliklar

Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ziyoda Raximberganova tomonidan Yakkachiqir mahallasi aholisi murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.
Murojaatda mahalla hududidagi tibbiyot punkti faoliyat yuritmayotgani, natijada fuqarolar tibbiy xizmatdan foydalanish uchun qo‘shni mahallaga qatnashga majbur bo‘layotgani bayon etilgan edi.
Deputat so‘rovi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, Yakkachiqir mahallasidagi tibbiyot punkti o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu natija mahalla aholisining tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Deputat so‘rovi — aholi muammolarini hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasi!