Yangiliklar

Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi

Romitan tumanidagi 21-sonli Qalaychorbog‘ saylov okrugidan saylangan Buxoro viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputati Abera Huseynova hamda Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi mudiri Sh. Soliyevlar «Toshrabot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarga o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, ota-onaga hurmat ko‘rsatish, Vatanni sevish va qadrlash, shuningdek, muomala madaniyatiga rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.