“Bo‘z hovli” ko‘chasida yo‘l ishlari nazoratda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.
📍 Navbatdagi manzilda “Bo‘z hovli” ko‘chasiga qum-shag‘al qoplamasi (ЩПС) yotqizish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, yo‘lning amaldagi holati hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi — aholining kundalik harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish demakdir.