Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADA QAYTA XATLOV ISHLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafosat G‘anjayevna mahalla hokim yordamchisi D. Matkarimov bilan hamkorlikda mahalla aholisini qayta xatlovdan o‘tkazish jarayonlarini o‘rganmoqda.

🔹 Qayta xatlov jarayonida aholining ijtimoiy holatini chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 Jumladan, Ijtimoiy reyestrda bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar, shuningdek, kambag‘allik chegarasidagi oilalar a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy holati batafsil tahlil qilinmoqda.

🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromadlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga e’tibor qaratilmoqda.

📌 Mazkur ishlar mahallalarda aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1