“Yangi makon”da yo‘llar holati yaxshilanmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosi doirasida hududdagi Zarrin ko‘chasiga qum-shag‘al qoplamasi (ЩПС) yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🚧 O‘rganish davomida yo‘lning amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida tashkil etilishi yuzasidan nazorat olib borildi.
Hudud infratuzilmasini yaxshilash — aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishning muhim omilidir.