O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining mamlakatimizga davlat tashrifi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik munosabatlarining tobora mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida samarali muzokaralar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar imzolandi. Bu esa xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.