35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 O‘zbekiston ko‘chasidagi muammo deputat so‘rovida ko‘tarildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Sh.Axmedova tomonidan “Yangi Zamin” MFY hududidagi O‘zbekiston ko‘chasining yo‘l holati yuzasidan deputat so‘rovi yo‘llandi.

Umumiy uzunligi 3,9 km bo‘lgan ko‘chaning 1,3 km qismi tuproq yo‘l, 1,9 km qismiga 2012-yilda asfalt yotqizilgan, 1 687 metr qismi esa ShPS qoplamali.

Deputat ko‘chani 2027-yil tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritib, mukammal ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishni so‘radi. Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.