35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova yangi o‘quv yili oldidan Ulug‘nor tumani markazida faoliyat yuritayotgan o‘quv qurollari va kanselyariya mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlardagi narx-navo holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan daftar, ruchka, qalam, rangli qalamlar, albom va boshqa kanselyariya mahsulotlarining narxlari, savdo jarayonida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar hamda mahsulotlar assortimenti
bilan tanishildi.
Yangi o‘quv yili arafasida ota-onalar uchun zarur o‘quv qurollarini sifatli va maqbul narxlarda xarid qilish imkoniyatini yaratish muhim ahamiyatga ega. Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 4