Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.Quryazov tomonidan mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaro N.Ahmedovaning murojaati o‘rganildi. Boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan fuqaroning uy-joyi tom qismi ta’mirtalab ekani aniqlandi.
🤝 Deputat tashabbusi bilan muammo qisqa muddatda ijobiy hal etilib, xonadonning 68 kvadrat metr tom qismi shifer bilan yopib berildi. Mazkur amaliy ko‘mak orqali oilaning yashash sharoitini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.