Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.Arazova tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
🏫 O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil etilishi, muassasaning moddiy-texnik bazasi va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.