35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi asosida sug‘orish muammosi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
янв.21
📌 Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining II chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila muammosi ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
📌 "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Iqtisodiyot va moliya bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat agrotexnik seminar ishtirokchisi bo‘ldi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI
Ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 9-sonli "Dawıt kól" saylov okrugidan (O‘zLiDeP) saylangan deputat G.Bekbosinova hamda o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Bo‘zatov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamkorligida saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududdagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari va ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan ta’lim sohasi bilan bog‘liq murojaat va takliflar tinglanib, ularning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqot olib borish orqali mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2