35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi asosida sug‘orish muammosi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
янв.21
📌 Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining II chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila muammosi ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
📌 "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Iqtisodiyot va moliya bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat agrotexnik seminar ishtirokchisi bo‘ldi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida shahar iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash tizimi hamda deputatlik faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqiladi.

🔹 "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig‘ilishida Marg‘ilon shahar Soliq inspeksiyasining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha faoliyati yuzasidan hisoboti eshitiladi. Unda budjet tushumlari ijrosi, soliq ma'murchiligini takomillashtirish, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi.

🔹 "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig‘ilishida Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan hisoboti tinglanadi. Hisobotda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktika ishlari, birlamchi tibbiy yordam hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan axborot beriladi.

🔹 Shuningdek, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonun hamda Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvaliga muvofiq:

4-Yo‘rmado‘z saylov okrugi deputatlik o‘rni vakantligi sababli Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ermatov Abdumalik Mamirovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

2-Saxovat saylov okrugi deputati Azizov Saidazimxon Nosirxon o‘g‘lining saylovchilar bilan uchrashuvi tashkil etiladi.

Mazkur yig‘ilishlar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, doimiy komissiyalar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi faoliyati va qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan rasmiy axborotlar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam yoritib boriladi.

Slide 1 of 1