Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muxiddin Yarashev muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan biriktirilgan tashkilot — “Tuproqqal’a tumani Suv ta’minoti” MChJ filialida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida korxona faoliyati, aholiga ichimlik suvi yetkazib berish sifati hamda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.