Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb–90” loyihasi doirasidagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova “Dolzarb–90” loyihasi doirasida “Kelajak maktabi”da tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Nodirabegim Bozarova rahbarligidagi “Yumshoq o‘yinchoqlar” to‘garagining “Gul yasash” mavzusidagi mashg‘uloti kuzatildi. Mazkur to‘garakka 17 nafar o‘quvchi jalb etilgan. Shuningdek, “Kompyuter grafikasi va dizayn” to‘garagida “Kompyuter grafikasi turlari” mavzusidagi dars jarayoni bilan tanishilib, unda 16 nafar o‘quvchi ishtirok etayotgani qayd etildi. Deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bunday to‘garaklar faoliyatini ijobiy baholadi.

Slide 1 of 1