Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Toyloq tumanidagi 6-son umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida navbatdagi tadbirlar tashkil etildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosari J. Radjabov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D. Ulug‘boyeva hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. A.Hakimov ishtirok etdi.

Tadbir davomida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasida sport musobaqalari, rasm chizish, musiqa, milliy hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlar hamda yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, giyohvandlikni oldini olish yuzasidan muloqotlar, ularning ijodiy va sport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4