Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘rovi amalda: fuqaro bandligi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayarov tomonidan "Yoshlik" mahallasida yashovchi fuqaroning bandlik masalasi yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy natija berdi.

Murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, fuqaroning mutaxassisligi inobatga olingan holda "Tuproqqal'a Agro Pilla" MCHJ hamda "Sifatli va tezkor banner" MCHJdagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Shuningdek, zamonaviy elektron platformalar orqali ish izlash tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar murojaatlariga yechim topish va ularning bandligini ta’minlash deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1