Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar va mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish yakunida ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari korpusi bilan amaldagi qonunchilik doirasida birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.